«timur kapadze» tegli maqolalar


Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
22 yanvar 2025, 20:15

Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bunda uning “murabbiylik iste’dodi, mas’uliyati, jamoa a’zolari orasida mavqei” inobatga olindi. Avvalroq sobiq murabbiy Srechko Katanets sog‘lig‘idagi muammolar sabab vazifasidan ozod etilgandi.

Hamma uchun kutilmagan voqea bo‘ldi — Temur Kapadze Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi haqida
15 yanvar 2025, 14:49

Hamma uchun kutilmagan voqea bo‘ldi — Temur Kapadze Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi haqida

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Temur Kapadze Qozog‘iston nashriga qisqa intervyu berib, Abduqodir Husanov transferi, Qozog‘iston va O‘zbekiston futboli haqida gapirdi. “Shunday nomdor klub va murabbiy Husanovni taklif qilgani uchun futbolchimizdan juda xursandmiz va faxrlanamiz”, — dedi u.

“Tayyorgarlik uchun vaqtimiz yetmadi”. Timur Kapadze — futbolchilarning Olimpiadadagi ishtiroki haqida
5 avgust 2024, 14:42

“Tayyorgarlik uchun vaqtimiz yetmadi”. Timur Kapadze — futbolchilarning Olimpiadadagi ishtiroki haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Olimpiada uchun tarkibni shakllantirishda qiyinchiliklar bo‘lgani va musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt yetarli bo‘lmaganini ta’kidladi. U hech bir futbolchiga e’tirozi yo‘qligini aytib, ta’tilga chiqish rejasini e’lon qildi.

“Biz bundan ham ko‘piga loyiq edik va kuchimiz yetardi”. Timur Kapadze Olimpiadadagi ishtirok yakunlarini sarhisob qildi
31 iyul 2024, 14:27

“Biz bundan ham ko‘piga loyiq edik va kuchimiz yetardi”. Timur Kapadze Olimpiadadagi ishtirok yakunlarini sarhisob qildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Olimpiadadagi natijalarni sarhisob qildi. Uning aytishicha, jamoa raqiblarini mag‘lub etishi uchun kuchi yetardi, ammo “qayerdadir omad, qayerdadir mahorat, tajriba yetishmadi”. Turnir katta tajriba berdi va jamoani kuchliroq qildi, dedi u.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi — Olimpiadadan ketish haqida
28 iyul 2024, 11:06

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi — Olimpiadadan ketish haqida

O‘zbekiston futbol bo‘yicha Olimpiadani “bu qadar erta” tark etish niyati yo‘q edi, dedi terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa raqiblarini mag‘lub etish uchun yetarli kuchga ega edi, biroq ayrim epizodlarda xatolarga yo‘l qo‘yildi.

Timur Kapadze Olimpiya shaharchasida muammolar ko‘pligi haqida gapirdi
25 iyul 2024, 17:51

Timur Kapadze Olimpiya shaharchasida muammolar ko‘pligi haqida gapirdi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Fransiyadagi Olimpiya shaharchasida muammolar ko‘pligi haqida ma’lum qildi. “Olimpiya shaharchasiga kelganimizdan beri har kuni qandaydir voqealar sodir bo‘lmoqda. Hali avtobus kelmaydi, hali avtobuslar yo‘lda adashib qolmoqda”, — deydi jamoa murabbiyi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiada-2024 uchun yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi
10 iyul 2024, 08:12

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiada-2024 uchun yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Parijdagi Olimpiya o‘yinlari uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi. Unga 22 nafar futbolchi, jumladan, Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev va boshqalar kirdi. Jamoa birinchi o‘yinini 24-iyulda Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi.

“Eng asosiy vazifamizni bajardik”. Timur Kapadze — O‘zbekistonning U-23 Osiyo kubogidagi o‘yini haqida
6 may 2024, 18:12

“Eng asosiy vazifamizni bajardik”. Timur Kapadze — O‘zbekistonning U-23 Osiyo kubogidagi o‘yini haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze jamoaning U-23 Osiyo kubogidagi natijalari va finaldagi Yaponiyaga qarshi mag‘lubiyat haqida gapirdi.

“Final uchun rejamiz bor”. Timur Kapadze — Osiyo kubogi finalida Yaponiyaga qarshi o‘yin haqida
2 may 2024, 15:27

“Final uchun rejamiz bor”. Timur Kapadze — Osiyo kubogi finalida Yaponiyaga qarshi o‘yin haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi final haqida gapirib, jamoalarni “bir-biriga munosib raqib” deb atadi. Uning aytishicha, o‘yin uchun tayyorlangan reja bor. Kapadze, shuningdek, 3 legionerning o‘yinda qatnashmasligiga ham to‘xtaldi.

“Maqsadimizdan kechmaymiz. Ishonch bilan o‘ynanglar”. Kapadze Indoneziyaga qarshi o‘yin oldidan shogirdlariga nima degandi?
2 may 2024, 10:49

“Maqsadimizdan kechmaymiz. Ishonch bilan o‘ynanglar”. Kapadze Indoneziyaga qarshi o‘yin oldidan shogirdlariga nima degandi?

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Osiyo kubogida Indoneziyaga qarshi bahsdan oldin yigitlarga konsentratsiyani yo‘qotmaslik va bosimlarga ahamiyat bermaslikni tushuntirgan. “Maqsadimizdan kechmaymiz”, — dedi u. Kapadze shogirdlari 3-may kuni finalda Yaponiya bilan o‘ynaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting